Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…

Ruhiyat
Psixologik diagnostika, foydali materiallar, onlayn maslahat va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari — endi mobil ilovada.
Ilovani yuklab oling va Ruhiyat imkoniyatlaridan istalgan joyda foydalaning.
Telefon kamerasi bilan QR kodni skanerlang

Psixolog
Ruhiyat psixologik markazi
Shukurullayev Xamidulla Nurilla o‘g‘li — psixolog, pedagog va oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis. 1992-yil 3-martda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan.
2018-yilda Samarqand davlat universitetini kunduzgi ta’lim shaklida tamomlab, psixolog mutaxassisligini egallagan. Kasbiy va ilmiy bilimlarini yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand davlat universitetida magistratura bosqichida tahsil olib, 2021-yilda magistraturani tamomlagan.
2022-yil 5-sentabrdan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Pedagogik faoliyati davomida psixologiya yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatda ishtirok etishga alohida e’tibor qaratadi.